Davlatimiz rahbari yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugun Namangan davlat universiteti axborot-resurs markazi direktori O.Husanov, resurs xodimlari va Biotexnologiya fakulteti iqtidorli talabalari, ta'lim tarbiya maslahatchisi G. Abdurahmonovalar bilan birgalikda Namangan shahar 11-maktab boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga 200 dan ortiq badiiy kitoblari sovg‘a qilindi.
Ushbu xayrli tashabbus zamirida maktab o‘quvchilarini kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishlariga motivatsiya berish ko‘zda tutilgan. Bu tadbirdan maktab o‘quvchilari, ustozlari juda ham mamnun bo‘lib universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.