Hozirgina Malayziyaning Perak shtatida «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar» mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumiga start berildi.
Ayni paytda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari forum doirasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg‘unov hamda universitet delegatsiyasi nufuzli forumda qatnashmoqdalar.
Targ‘ibot tadbirlari doirasida O‘zbekiston va Malayziyaning boy tarixi, turizm salohiyati, ilmiy yutuqlari, madaniy merosi va an’analari namoyish etilmoqda.
Yaqin daqiqalarda forum doirasidagi asosiy tadbirlar boshlanadi.