Namangan davlat universiteti va Malayziya Xalqaro Islom universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 05.02.2025
- 21:08
- 1957
Namangan davlat universiteti va Malayziya Xalqaro Islom universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi.
Ushbu kelishuv talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu hamkorlik xalqaro standartlarga mos oliy ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur kelishuv ikki oliygoh o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.