Namangan davlat universitetida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 10.03.2025
- 12:04
- 3022
Universitetining sirtqi bo‘limi Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Aziz va muqaddassan, ayol…!” nomli tadbir tashkil etildi.
Bayram tadbirida talabalar kuy-qo‘shiqlar, iqtidorli yoshlarning chiqishlari hamda sahna ko‘rinishlari orqali bahor faslining go‘zalligi va an’anaviy bayramlarimizni tarannum etdilar. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etib, ma’naviy zavq olishdi.
Tadbirda faol qatnashgan iqtidorli talabalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.