Boshqarma majlislar zalida tashkil etilgan ushbu tadbir “Davlat gerbi — mustaqillik timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda boshqarma va sohaviy xizmatlarning barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Dars davomida Namangan davlat universiteti dotsenti Baxtiyor Xalmuratov tomonidan davlat ramzlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushuntirishlar taqdim etildi.
Shuningdek, ma’ruzada mustaqillikni mustahkamlovchi ramz sifatida gerbning roli va uning konstitutsiyamizdagi o‘rni haqida ham fikrlar bildirildi. Ijtimoiy muhitda davlat gerbi orqali vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish va yoshlarda milliy g‘urur hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’rifat darsida ishtirok etgan barcha tinglovchilar ushbu mavzuda o‘z fikrlarini bildirishdi va savol-javob qilib, darsni yanada qiziqarli va ma’lumotlarga boy davom ettirdilar. Dars oxirida davlat gerbi haqida to‘liq tushuncha va uni hurmat qilish zarurligi ta’kidlandi.



