Namangan davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning navbatdagi kuni boshlandi

Bugun, 9-iyul kuni Namangan davlat universitetida 2025–2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 2-kuni boshlandi.

Jurnalistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan imtihonlar AOKA tomonidan biriktirilgan malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va ochiqlik prinsiplariga asoslangan holda tashkil etilishi universitet jamoasi e’tiborida. Shu maqsadda imtihonlar o‘tkazilayotgan barcha binolar to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zaruriy qulayliklar yaratilgan, kutish joylari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, imtihonlarning ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida deputatlar, OAV vakillari va keng jamoatchilik vakillari imtihon jarayonlariga taklif etilgan.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hududga ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari jalb etilgan bo‘lib, favqulodda holatlarga tezkor ko‘maklashish uchun tibbiyot xodimlari ham doimiy nazorat olib bormoqda.

Shuningdek, abituriyentlar va ularning yaqinlari https://live.namdu.uz  platformasi orqali imtihon jarayonlarini onlayn tarzda kuzatish imkoniyatiga ega.

Namangan davlat universiteti ushbu muhim jarayonni yuksak saviyada tashkil etish orqali iqtidorli yoshlarga imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

photo_2025-07-09_09-52-21.jpgphoto_2025-07-09_09-52-27.jpgphoto_2025-07-09_09-52-29.jpgphoto_2025-07-09_09-52-32.jpgphoto_2025-07-09_09-52-35.jpg

photo_2025-07-09_09-52-38.jpgphoto_2025-07-09_09-52-41.jpgphoto_2025-07-09_09-52-44.jpgphoto_2025-07-09_09-52-46.jpgphoto_2025-07-09_09-52-49.jpg

0B1A3974.JPGphoto_2025-07-09_09-56-43.jpgphoto_2025-07-09_09-56-46.jpgphoto_2025-07-09_09-57-44.jpgphoto_2025-07-09_09-59-52.jpg

photo_2025-07-09_09-59-54.jpgphoto_2025-07-09_10-00-00.jpgphoto_2025-07-09_09-59-56.jpgphoto_2025-07-09_10-00-02.jpgphoto_2025-07-09_10-00-04.jpg

photo_2025-07-09_10-00-05.jpgphoto_2025-07-09_10-02-27.jpgphoto_2025-07-09_10-02-32.jpgphoto_2025-07-09_10-02-30.jpgphoto_2025-07-09_10-02-34.jpg

 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image