“Tadbirkorlik sari ilk qadam” shiori ostida amaliy biznes trening tashkil etildi

Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Tadbirkorlik sari ilk qadam” shiori ostida navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fakultet yoshlar koordinatori M. Abdumutalov boshchiligida tashkil etilgan ushbu tadbir talabalarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni sohaga oid amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan boyitishni maqsad qildi.

Tadbir doirasida qurilish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali tadbirkor A. Jakparov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda qurilish industriyasining izchil rivojlanayotgani, zamonaviy texnologiyalar va bardoshli qurilish materiallaridan foydalanishning dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar uchun qurilish materiallarining sifat ko‘rsatkichlari, bardoshlilik darajasi va amalda qo‘llanilishi bo‘yicha laboratoriya sharoitida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Bunday ochiq muloqotlar talabalarda tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan, innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lgan yoshlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2025-07-08_11-01-09.jpgphoto_2025-07-08_11-01-10.jpgphoto_2025-07-08_11-01-11 (2).jpg

photo_2025-07-08_11-01-11 (3).jpgphoto_2025-07-08_11-01-11 (4).jpgphoto_2025-07-08_11-01-11.jpg

 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image