Namangan davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Mirxakimova Feruza Xoldorjon qizi «O‘zbekiston tarixini o‘rganishda memorial va uy-muzeylarining ahamiyati» mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020. Tar.70.03 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 2025 yil 9 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Feruza Mirxakimovani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida katta zafarlar tilaymiz.