Namangan davlat universiteti Tojikiston oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda

Avval xabar berganimizdek (https://t.me/Namdu_xabarlari/7964?single), Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida universitetimiz rektori Abdug‘affor Qirg‘ziboyev boshchiligidagi delegatsiyamiz bir qator Tojikiston oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladi. 

Jumladan, Tojikiston Respublikasi oliy ta’lim tizimidagi eng yirik va yetakchi muassasalardan biri – Tojikiston Milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzoladi. Mazkur memorandum ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Shuningdek, turizm, tadbirkorlik va iqtisodiyot sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi Tojikiston xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Ushbu memorandum ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ilmiy va ta’lim dasturlarini rivojlantirish, malaka oshirish kurslari va seminarlar tashkil etish, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilarni xalqaro tajriba almashuvi bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Ushbu memorandumlar ikki davlat universitetlari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image