Namangan davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Qozogʻiston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — M. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston tadqiqot universitetida xizmat safarida bo‘lib, mazkur tashrif doirasida qator muhim ilmiy-amaliy natijalarga erishib qaytishdi.

Ushbu xizmat safari Namangan davlat universiteti va hamkor oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilgari imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ilmiy seminar va ma’ruzalar tashkil etilib, unda zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda dolzarb ilmiy yo‘nalishlar yuzasidan tajriba almashildi. Shu bilan birga, ikki oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro nashrlarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Memorandumning tegishli bandlariga muvofiq, Namangan davlat universiteti vakillari tomonidan stajirovka dasturi muvaffaqiyatli o‘tab chiqildi. Stajirovka jarayonida ular xorijiy tajribani o‘rganish, ilg‘or pedagogik usullarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdi.

Mazkur xizmat safari natijalari Namangan davlat universitetida ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oshirish, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 
 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image