Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakultetiga Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Pekin shahridagi Zoologiya instituti ilmiy xodimlari — doktor Zhu Xichao, Zhao Kaidong, He Peng hamda Xiao Suyang, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimlari Musayev Dilshod, Sobirov Sobirjon va Nazarov Shoxruz tashrif buyurdi. Tashrif doirasida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida doktor Zhu Xichao “Farg‘ona vodiysi hayvonot olami bioxilma-xilligini o‘rganish” mavzusida, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi Pekin shahridagi Zoologiya instituti kolleksiya fondi haqida mazmunli ma’ruza taqdim etdi. Mazkur ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Biotexnologiya fakulteti dekani Avazbek Batoshov mehmonlarni Biologik tadqiqotlar markazi laboratoriyasi faoliyati hamda unda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ushbu yo‘nalishda ilmiy loyihalar ishlab chiqish, turli tanlov va grant dasturlarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mehmonlar bunday tashabbuslarni amalga oshirishni istagan talabalar va tadqiqotchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Tadbir yakunida Biotexnologiya fakulteti dekani Avazbek Batoshov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi.

 
 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image