Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari xalqaro akademik hamkorlik doirasida Malayziya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik va ilmiy stajirovka dasturlarida ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, QS World University Rankings reytingida 491-o‘rinni egallagan Universiti Utara Malaysiada universitetning olti nafar talabasi “Exchange” dasturi doirasida xalqaro talaba almashinuvi grantini qo‘lga kiritib, iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olmoqda. Ushbu dastur talabalar uchun zamonaviy ta’lim tajribasini egallash, xalqaro akademik muhitda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini bermoqda.

Shuningdek, QS World University Rankings reytingida 613-o‘rinda qayd etilgan International Islamic University Malaysiada tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy va akademik stajirovka jarayonlarini amalga oshirmoqdalar. Mazkur jarayonlar orqali ishtirokchilar ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy ilmiy yondashuvlar hamda klinik amaliyot ko‘nikmalarini o‘zlashtirmoqdalar.

Bugungi kunda Namangan davlat universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil kengaytirib, sezilarli natijalarga erishib bormoqda. Hozirgi kunga kelib, universitet 50 dan ortiq mamlakatdagi 160 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Shuningdek, Malayziya va Xitoy davlatlarida universitet tashabbusi bilan o‘tkazilgan yirik xalqaro ilmiy anjumanlarda 42 davlatdan 200 dan ortiq olim va mutaxassislar ishtirok etgani ham NamDUning xalqaro ilmiy maydondagi nufuzi ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image