Asosiy kontentga o'tish
“Bir ixtiro tarixi”, “Ilm bilan erishilgan yutuq”


Namangan davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini keng jamoatchilikka namoyish etish hamda erishayotgan yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, universitet talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, ixtirolar, startap tashabbuslar, ilmiy-amaliy tanlovlardagi ishtirok va boshqa muhim yutuqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalari, universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida muntazam yoritib borilmoqda.


Namangan davlat universitetida ilm-fan va innovatsiyaga qiziqayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish hamda “ilm – innovatsiya – natija” tamoyili asosida talaba-yoshlarning yutuqlarini ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ilm — taraqqiyot asosi! Yangi g‘oya esa buyuk yutuqlarning boshlanishidir!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image