Magistratura

Universitetdagi mavjud magistratura mutaxassisliklari to'g'risida ma'lumotlar 

 

Shifri

Mutaxassislik nomi

Mutaxassislik haqida

1

70220301

Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha)

Tarix(yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi – Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘rnatilgan tartibda o‘qitish, tarixiy tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, boshqa turdosh tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, muzeylar, tijorat tashkilotlari, tarixiy, madaniy, ma‘naviy merosni o‘rganish markazlari, moddiy-ma‘naviy yodgorliklarni o‘rganish va qo‘riqlash masalalari bilan bog‘liq tadqiqot ishlari, vakillik organlari, huquq-tartibot organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari xamda joylardagi ma‘naviyat va ma‘rifat markazlari, axbort-resurs markazlari, jamoat tashkilotlari va shu kabilarda faoliyat ko‘rsatishni qamrab oladi

2

70220401

Arxeologiya

Arxeologiya magistratura mutaxassisligi – Oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, muzey va ilmiy muzeylarda,  pedagogik ilmiy-uslubiy faoliyat, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni o‘rganish va qo‘riqlash muassasalar bo‘linmalarida, ma'naviyat va ma'rifat markazlari,  tarmoq universitetlari, malaka oshirish institutlari, madaniyatning funksional tizimlarini ishlab chiquvchi va targ‘ib qiluvchi birlashmalar faoliyat ko‘lamini qamrab oladi.

3

70230501

Etnografiya, etnologiya va antropologiya

"San’at va gumanitar; fanlar" ta’lim soxasiga oid mutaxassislik bo'lib, barcha ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O'zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmok ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chikarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat»

boshqaruvi organlarida ish boshkarish, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanish, uni tashkil etish va boshkarishga oid kompleks masalalarni xal etish, shuningdek ijtimoiy soha va tarmoqlarni rivojlantirishda ilmiy-texnikaviy xavfsizlikni ta’minlash, istikbolini belgilashga, kasbiy kunikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

4

70230101

Lingvistika: oʻzbek tili

70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) magistratura mutaxassisligi – barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-tadqiqot markazlarida, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, uning viloyat va shaharlardagi bo‘limlarida faoliyat olib borish, davlat tilini joriy qilish va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha vazirliklar, hokimliklar, korxona va tashkilot rahbarlarining maslahatchilari sifatida ish yuritish; ommaviy axborot vositalari sohalarini qamrab oladi.

5

70230101

Lingvistika: ingliz tili

tili o’rganilayotgan mamlakat tili va madaniyati, diskurs, matnning turlari va shakllari, madaniyatlararo muloqot (yozma va og’zaki turlari), tili o’rganilayotgan mamlakat tilining taraqqiyot qonuniyatlari, tili o’rganilayotgan mamlakatdagi til vaziyati, jahon tilshunosligi, tilshunoslik nazariyasi, tilshunoslik tarixi; hozirgi zamon tilshunosligidagi yangi yo’nalishlar, tilshunoslik sohasidagi muammolar va ularning echimlari, tilshunoslikda qo’llanuvchi metodlar, ularning xususiyatlari va qo’llanishi, tilshunoslikka oid nazariy qarashlar va etakchi konsepsiyalar, gipotezalar, tushunchalar, tamoyillarni tahlil qilish masalalarini qamrab oladi.

Kasbiy faoliyatining turlari:

– Ilmiy-tadqiqot;

– Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarda ilmiy-pedagogik hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida pedagogik faoliyat (o’rnatilgan tartibda);

– Muharrirlik va marketing sohalaridagi faoliyat;

– Tashkiliy-boshqaruv faoliyat;

– Konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o’z ichiga oladi."

6

70230101

Lingvistika: nemis tili

Lingvistika (nemis tili)  magistratura mutaxassisligi tili oʻrganilayotgan mamlakat tili va madaniyati, diskurs\matnning turlari va shakllari, madaniyatlararo muloqot (yozma va ogʻzaki turlari), tili oʻrganilayotgan mamlakat tilining taraqqiyot qonuniyatlari, tili oʻrganilayotgan mamlakatdagi til vaziyati, jahon tilshunosligi, tilshunoslik nazariyasi, tilshunoslik tarixi; hozirgi zamon tilshunosligidagi yangi yoʻnalishlar, tilshunoslik sohasidagi muammolar va ularning yechimlari, tilshunoslikda qoʻllanuvchi metodlar, ularning xususiyatlari va qoʻllanishi, tilshunoslikka oid nazariy qarashlar va yetakchi kontseptsiyalar, gipotezalar, tushunchalar, tamoyilarni tahlil qilish masalalarini qamrab oladi.

7

70230104

Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti)

 Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) magistratura  mutaxassisligi  Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida o‘zbek tili, umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘zbek tili va adabiyot fanlarini o‘qitish, ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-tadqiqot markazlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, davlat boshqaruvi organlarida, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar yechimini qamrab oladi.  Qayd etilgan kasbiy faoliyat sohalarining o‘zbek adabiyoti, o‘zbek adabiyotshunosligining taraqqiyot qonuniyatlari, umumfilologik va ijtimoiy fanlar mazmuniga taalluqli bo‘lgan badiiy asar,  adabiy manba, matn, tahlil va talqin usullari, adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy tushunchalari kabi ob’ektlarida  ilmiy-tadqiqot faoliyat,  tashkiliy-boshqaruv faoliyat,  ma’naviy-ma’rifiy faoliyat,  pedagogik faoliyat: Oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida pedagogik faoliyat, turli xizmatlar ko‘rsatish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

8

70230104

Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)

 Adabiyotshunoslik (Ingliz adabiyoti) Qayd etilgan kasbiy faoliyat sohalarining Ingliz adabiyoti, Ingliz adabiyotshunosligining taraqqiyot qonuniyatlari, umumfilologik va ijtimoiy fanlar mazmuniga taalluqli bo‘lgan badiiy asar,  adabiy manba, matn, tahlil va talqin usullari, adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy tushunchalari kabi ob’ektlarida  ilmiy-tadqiqot faoliyat,  tashkiliy-boshqaruv faoliyat,  ma’naviy-ma’rifiy faoliyat,  pedagogik faoliyat: Oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida pedagogik faoliyat, turli xizmatlar ko‘rsatish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

9

70230301

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: oʻzbek tili

ijtimoiy-gumanitar sohadagi yo'nalish bo'lib, bitiluvchilarning kasbiy faoliyati mamlakat va xalqalo qo'lyozma fondlari, muzey, arxiv va boshqa markaz, xazinalarda saqlanayotgan mumtoz adabiy meros namunalarni o'rganish; o'zbek matnshunosligi tarixining davrlar  kesimidagi shakllanish bosqichlarini aniqlash;   mumtoz adabiy manbalarning asiliyat asosidagi yig‘ma va tanqidiy matnlarini tayyorlash prinsiplarini ishlab chiqish; eski o’zbek  tili, arab va fors tillarining nazariy va amaliy asoslari. lug’at boyligi, tillarda yaratilgan ilmiy va badiiy adabiyot, umumiy tilshunoslikning  nazariy masalalari tarjima nazarivasi va amaliyoti asoslari, dars berish mahorati va nutq madaniyati masalalarini manbashunoslik  va matnshunoslik  negizida tadqiq va tahlil etishdan iborat

10

70310102

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Ijtimoiy va hulq atvorga mansub fanlar  ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo’lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko’nikmaga mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

11

71010101

Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish

Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’lim dasturi 2 yillik ta’limni o‘z ichiga qamrab olib, shu sohada ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatni olib boruvchi, turizm va mehmonxona xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatuvchi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgandir. Ushbu ta’lim dasturini bitirgan magistrant turizm xizmatlar bozorining o‘ziga xos tomonlarini, ularda mehmonxona xizmatlarining o‘rni va ahamiyatini anglashi, turizmda qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya vositalari va geoaxborot tizimlaridan foydalanishni, mehmonxona xo‘jaligida rejalashtirish, moliyaviy va iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish, hodimlarni va tavakkalchilikni boshqarish, xalqaro mehmonxona zanjirlari tajribalarni o‘rganish va ularning tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llay olish malakasiga ega bo‘ladi. Shuningdek, bitiruvchilar turizm va mehmonxona xo‘jaligida mavjud muammolarni tadqiq qilish, ularning yechimini topishda ilmiy yondashuvlarga yondashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

12

70310901

Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)

Barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmok ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, ma’naviyat va ma’rifat markazlarida; jamoat xavfsizligini ta’minlashda; «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutida psixologik izlanishlarida; jamoat xavfsizligini ta’minlash muassasalarida; davlat va maxalliy boshkaruvi organlarida; xar xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida psixologik masalalar yuzasida faoliyat olib borishda; o’quvchilarni kasb-xunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxisdan o’tkazishda faoliyat turlariga ko’ra psixologik xizmat ko’rsatishni tashkil etishga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

13

70311001

Sotsiologiya (yoʻnalishlar boʻyicha)

"Ijtimoiy va xulk atvorga mansub fanlar” ta'lim soxasiga oid mutaxassislik bulib, u barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy tadkikot institutlari,  markazlari, ilmiy ishlab chiqarish  birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va maxalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik  biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarida ijtimoiy soxaga oid faoliyatni tashkil etish va  boshqarishga oid kompleks masalalarni xal etish, shuningdek ijtimoiy soxalarni rivojlantirishda  sotsiologik taxlilni ta'minlash, istiqbolini belgilashga, jamoatchilik fikrini urganish kasbiy  ko'nikmasiga, mutasaddilik qobiliyatiga yunaltirilgan inson faoliyatining vositalari,  usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi

14

70420101

Advokatlik faoliyati

«Huquq» ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va boshka huquqni muhofaza qiluvchi organlarida, advokatlik tuzilmalarida, notariat idoralarida, tashki iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralarida, xalqaro tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, shuningdek, boshka tijorat va notijorat tashkilotlarida yuridik faoliyat, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, professional ta’lim  muassasalarida pedagogik, ilmiy-pedagogik, boshkaruv faoliyatini yuritish, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar boshka tashkilot, korxona va muasssalarida ilmiy-tadqiqot va boshqaruv faoliyatini yuritish soxalarini qamrab oladi.

15

70530901

Fizika (yoʻnalishlar boʻyicha)

 Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o’qitish; ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog’liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, davlat boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, boshqa turdosh tashkilotlar, shuningdek, turli shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida fizikaga oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

16

70530905

Yarimoʻtkazgichlar fizikasi

Oliy, malaka oshirish va qayta tayorlash muassasalari mutaxassilikka oid fanlarini o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy –tadqiqot institutlarida , yarimo‘tkazgichlar fizikasi va ishlab chiqarish texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda , turli xil va maqsadlarda mo‘ljalgan yarimo‘tkazgich materiallar va asboblar ishlab chiqarsh korxonolarida va shu soxada bilan bevosita faoliyatinibog‘liq bo‘lgan nodavlat tashkilotlar va davlat ilmiy tadqiqot muasasalarida  mutaxassislikka oid kompleks masalar majmuasini qamrab oladi.

Mutaxassislik bo‘icha fan, texnika texnologiyalarining zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan xolda magistrlarning kasbiy faoliyat soxalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

17

70530904

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida,  ilmiy ishlab chiqarish markazlarida, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boorish, davlat boshqaruv organlari, davlat va nodavlat ta’lim muasssasaarida kompleks masalalarni yechish bilan bog’liq kompleks masalalar majmuini qamrab oladi.

 Mutaxassislik bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo’shimcha o’zgarishlar bo’lishi mumkin.

-Fanlar akademiyasi va Tarmoq ilmiy tekshirish institutlari hamda oliy o’quv yurtlarning ilmiy tadqiqot bo’limlari faoliyati;

18

70540101

Matematika (yoʻnalishlar boʻyicha)

Oliy va  o'rta maxsus ta'lim muassasalarida matematik fanlarni o'qitish, ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, turli xil fizik, biologik  va moliyaviy jarayonlarning matematik modellarini yaratish sohalarida faoliyat olib boruvchi professional kadrlarni tayyorlashga yo'naltirilgan. Tayyorlangan kadrlar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar:

1. Matematikaning algebra, geometriya va matematik analiz sohalarida ilmiy-pedagogik va ilmiy- tadqiqot faoliyatini olib borish; 2. Algebra, geometriya va matematik analiz sohasidagi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qilish; 3. Fizik, biologik  va moliyaviy jarayonlarning matematik modellarini yaratish."

19

70540201

Amaliy matematika (sohalar boʻyicha)

 “Matematika va statistika” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib – Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida matematik fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish; Matematik metodlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyati; Jarayonlar va obyektlarning matematik modellaridan foydalanib turli masalalarni yechish va ularning dasturiy ta’minoti; Tadqiqotlar olib borish, proyekt-konstruktorlik faoliyatini dasturiy-axborot ta’minotini ta’minlashga oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

20

70530101

Kimyo (fan yoʻnalishi boʻyicha)

Tаbiiy fаnlаr, mаtеmаtikа vа stаtistikа sоhаsidаgi mutахаssislik bo’lib, bаrchа tа’limi muаssаsаlаridа mutахаssislikkа оid fаnlаrni o’qitish, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Fаnlаr аkаdеmiyasi vа tаrmоq ilmiy tаdqiqоt institutlаri, mаrkаzlаri, ilmiy ishlаb chiqаrish birlаshmаlаridа, ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа ilmiy tаdqiqоt fаоliyatini yuritish, mаhsulоtlаr sifаtini аniqlаsh vа tахlil qilish lаbоrаtоriyalаridа kimyo sоhаsigа оid kоmplеks mаsаlаlаrni еchish, turli mulkchilik shаklidаgi kоrхоnаlаridа, nоdаvlаt vа nоtijоrаt tаshkilоtlаridа, mаrkаziy vа mаhаlliy dаvlаt bоshqаruvi оrgаnlаridа, shuningdеk kimyo tаrmоqlаri vа sоhаlаrini rivоjlаntirishini tа’minlаsh, istiqbоlini bеlgilаshgа, kаsbiy ko’nikmаgа, mutаsаddilik qоbiliyatigа yo’nаltirilgаn insоn fаоliyatining vоsitаlаri, usullаri, mеtоdlаri vа uslublаrining mаjmuаsini qаmrаb оlаdi.

21

70510101

Biologiya (fan yoʻnalishi boʻyicha)

oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida biologiya fanlarini o'qitish; O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy - ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida, ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalar, ilmiy tadqiqot stansiyalarida: viloyat, tuman xususiy biologiya  laboratoriyalari, bo'limlari, punktlari, shoxobchalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, mutaxassislik bilan bog'liq kompleks masalalarni yechish, turli mulkchilik shaklidagi ishlab-chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida, davlat boshqaruv organlarida, biologik tizimlar hamda qurilmalarni ishlab chiquvchi, ulardan foydalanuvchi, har xil shakldagi mulk, san'at va biznes tashkilotlarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

22

70812101

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi

dorivor oʼsimlik mahsulotlari hosildorligi va sifatini oshirish maqsadida yer, suv, energetika va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish bilan dorivor oʼsimlikshunoslik tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarini qoʼllash, dorivor oʼsimliklarni urugʼchiligi va koʼchatchiligining zamonaviy texnologiyalarini qoʼllash, dorivor oʼsimlik xom ashyolarni birlamchi qayta ishlash va saqlash texnologiyalari tashkil etishni qamrab oladi.

23

70530402

Geografiya (oʻrganish obyekti boʻyicha)

Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, davlat boshqaruvi organlari, tabiatdan foydalanish, geoekologiya, davlat statistika boshqarmasi va uning bo'limlari, tabiatni muhofaza qilish va ekologik hamda geoekologik muammolar, viloyat va tuman tabiatni muhofaza qilish bo'linmalari,  Respublika, viloyat va tuman toponimika xizmati bo'linmalari, geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash masalalari bilan bog'liq tashkilotlar, shuningdek, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

24

70710401

Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

fan -texnika sohasidagi mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarida ekologik xavsizlik faoliyatini tashkil etish va atrof-muhitga ko'rsatilayotgan antropogen ta'sirlarni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tozalash inshootlarini loyihalash, mavjud texnologiyalarni takomillashtirish, ekologik ekspertizani tashkil qilishga, kasbiy ko'nikmaga, mutassadillik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

25

71010301

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)

Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari; sport maktablari (SM);  ixtisoslashgan sport maktablari (IBO`SM);  bolalar va o`smirlar sport maktablari (BO`SM); sport klublari; O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning bo`limlari;, O`zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo`mitasi va uning tegishli bo`limlari; sport federatsiyalari; spor tashkilotlari va sport klublarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

26

71010304

Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish

xizmat ko'rsatish sohasiga oid mutaxassislik bo'lib, u barcha ta'lim muassasalarida  mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, turli sport  muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishga oid kompleks  masalalarni xal etish, sport tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda Ommaviy sportni rivojlantirish tashkillashtirishdagi xavfsizlikni ta'minlash, istiqbolini belgilashga, kasbiy  ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari,  metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

27

70111201

Tasviriy sanʼat va amaliy bezak sanʼati

Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalarni, oliy ta’lim tizimi muassasalarida mutaxassislik bo‘yicha o‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va texnik loyihalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi ob’ektlar majmuasini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyat jarayonlari, ilmiy-pedogogik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy boshqaruv, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tasviriy va amaliy san’at fanlarini o‘qitish uchun ilmiy va pedagogik faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image