Asosiy kontentga o'tish
ILM BILAN ERISHILGAN YUTUQ

Namangan davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqot, innovatsion va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyati hamda erishayotgan yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, universitet talabalari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, ixtirolar, startap tashabbuslar, ilmiy-amaliy tanlovlardagi ishtirok va boshqa muhim yutuqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalari, universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida muntazam yoritib borilmoqda.



Mazkur ruknlar yoshlar o‘rtasida ilm-fanga qiziqishni oshirish, yangi g‘oyalarni rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ilmiy izlanishlar natijalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ilm — taraqqiyot asosi! Innovatsiya — kelajak sari qadam!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image