Asosiy kontentga o'tish
Namangan davlat universiteti Qayta tayyorlash markazida matematika yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursida tahsil olgan tinglovchilarning murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2025-yil 15-sentabrda matematika yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursiga qabul qilingan tinglovchilar 2026-yil avgust oyida o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mazkur tinglovchilarga diplom berish bo‘yicha Namangan davlat universiteti rektorining 2026-yil 7-avgustdagi “Diplom berish to‘g‘risida”gi 244-sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Hozirgi vaqtda mazkur masalani hal etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, diplom blankalarini olish maqsadida “O‘zbekiston davlat belgisi” bilan tegishli shartnoma tuzilib, shartnoma bo‘yicha dastlabki to‘lov amalga oshirilgan.

2026-yil 10-sentabrdan boshlab matematika yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursini tamomlagan tinglovchilarga diplomlarni berish jarayoni boshlangan.

Namangan davlat universiteti Qayta tayyorlash markazi tomonidan diplomlarni tinglovchilarga imkon qadar qisqa muddatlarda yetkazib berish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda tinglovchilarning murojaatida ko‘tarilgan masala universitet rahbariyati nazoratida ekanini ma’lum qilamiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image