Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Namangan davlat universiteti talabalari uchun navbatdagi manfaatli loyihalarga start berildi.
Muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan "Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasida "Tafakkur egalari - kitobxon talabalar" klubi, hamda "Notiqlik mahorati" va "Iqtidorli talabalarning ilmiy - innovatsion" klublari tashkil etilmoqda.
Tashkil etilayotgan klublar nizomi bilan tanishish:
1. "Tafakkur egalari - kitobxon talabalar" klubi nizomi
2. "Notiqlik mahorati" klubi nizomi
3. "Iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion" klubi nizomi
Shu sababli tashkil etilayotgan mazkur klublarga "KOORDINATOR"lik uchun tanlov e’lon qilinadi.
Nomzod talabalar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi murojaat qilishlari lozim.
📆 Arizalar 5-fevralga qadar qabul qilinadi.
☎️ Murojaat uchun: (99) 512-58-72