Namangan viloyati, Namangan shahri, Boburshox koʻchasi 161 uy
Namangan davlat universiteti tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish va munosiblarni rag‘batlantirish maqsadida "Yosh kitobxon talabalar ligasi" tanlovi bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
Tanlov bo'yicha quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot oling.
Tanlov bo'yicha yo'riqnoma (https://telegra.ph/Namangan-davlat-universiteti-talabalari-ortasida-otkaziladigan-Yosh-kitobxon-talabalar-ligasi-tanlovining-shartlari-03-20) Tanlov g'oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:
o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining uch barobari;
o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining ikki barobari;
o‘rin - har bir jamoa a’zosiga bazaviy stipendiya miqdorining bir barobari miqdorida pul mukofoti hamda diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning 5-aprel kuni soat 14:00 da Chorsudagi faollar zalida offline tarzda o'tkaziladi.
Maqsadimiz, kitobxonlarning katta imperiyasini qurish va talaba-yoshlarning manfaatsiz tarmoqlardan kitobxonlar maydoniga evakuatsiya qilishdan iborat.