2024-yil 25-aprel kuni soat 10:00 da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 10.00.11–“Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha)ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
-
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Xamidova Sayyora Nurmatovnaning “Modal tuzilish uzvlarining kognitiv tadqiqi” mavzusidagi 10.00.11- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar: Rahimov Usmonjon Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Darvishov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.