2024-yil – 1-iyun kuni soat: 09.00 va 11.00da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 10.00.11–“Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha)ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
-
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Yokubbayeva Umida Abduvaxob qizining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asarining funksional-semantik va lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi 10.00.01 - Oʻzbеk tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madaliyevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar: Xojialiev Ismoil Tojiboyevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
To‘raxo‘jayeva Adiba, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
-
Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Sativoldiyeva Dildora Sadridin qizining “Oʻzbek tili toponimik tizimida konversiya va transonimizatsiya” mavzusidagi 10.00.01 - Oʻzbеk tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori,
professor Ahmedov Sobirjon Nazarqosimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.