.Yurtimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Namangan davlat universiteti izchil taraqqiy etib bormoqda.
So‘nggi yillarda universitetda ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, zamonaviy moddiy-texnik bazani yangilash va rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatining sifati va samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilg‘or ta’lim muhiti, keng imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uning yangi qiyofasini namoyon etmoqda.
Universitetning bugungi qiyofasi, zamonaviy moddiy-texnik bazasi va yaratilgan keng imkoniyatlar bilan quyidagi videolavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin