Namangan  davlat universiteti filologiya fakultetida ustozlarni xotirlashga bagʻishlangan  maʼnaviy-maʼrifiy  tadbir tashkil etildi.Unga shu dargohda uzoq yillar ishlab,ilm-fan yoʻlida zahmat chekkan,yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan Tojiboy Gʻoziboyev,Odiljon Nosirov. Nuriddin Boboxoʻjayev,Dadaxon Eshondadayev,Tojiddin Akramov, Atxamjon Abdullayev, Ismatulla Abdullayev, Mahmudjon Mamurov, Shahodatxon Egamberdiyeva, Mavluda Mamadaliyeva, Tursunboy Noʻmonov, Salohiddin Jamalov, Tohirjon Rahmonov va boshqa fidoyi olimlarning farzandlari, nabiralari taklif etildilar. 



“Bir piyola choy ustida”tashkillangan  bu gurungda  bu ustozlarning ilmiy merosi, insoniy fazilatlari  haqida soʻz yuritildi. Muloqotni oʻzbek adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri Moʻminjon Sulaymonov qisqacha kirish soʻzi bilan boshlab berdi.  Shundan soʻng mehnat faxriysi, zukko olim Muhammadjon Yusupov, professor Qodir Nosirov, Nosirjon Uluqov, fakultet dekani Abdugʻaffor Nazarov, Saidumar Saydaliyev, Zohidjon Sodiqov va boshqalar ustoz olimlar haqidagi oʻz xotiralarini oʻrtoqlashdilar. 



-Bugungi tadbirni tashkil etganlarga katta rahmat,-deydi professor Odiljon Nosirovning farzandi Faxriddin. -Otamiz haqiqatan ham oʻz umrlarini ilm-fanga bagʻishlagan fidoyi inson edilar.Bizni ham ilmli-maʼrifatli, halol boʻlishga oʻrgatganlar.Shunday insonning farzandlari ekanligimizdan faxrlanamiz va ularga munosib boʻlishga harakat qilamiz. 
–Men ham bugun otamni koʻrgan, ular bilan birga-birga ishlagan, hamsuhbat boʻlgan qadrdonlarni koʻrib, dadamning fidoyiliklari, halol va kamtar boʻlganliklari haqidagi dil soʻzlarini eshitib toʻlqinlanib ketdim, koʻzlarimga sogʻinch yoshlari keldi, -deydi tilshunos olim Tojiddin Akramovning farzandi Ilhomjon. - Tashkilotchilarga oilamiz nomidan minnatdorligimizni bildiramiz. 

Suhbat qizigandan-qizidi. Filologiya fakultetining bu zahmatkash olimlari xotirasiga  bagʻishlab maqolalar, lavhalar. ocherklar va   ilmiy-ommabop kitoblar tayyorlash yuzasidan yaqin yillar ichida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Tadbir yakunida ustozlarning farzandlari va yaqinlari bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushildi.

Tadbir ma’lumotlari

  • E'lon berilgan kun: 10.07.2024
    11:00
  • Tugash vaqti: 10.07.2024
    02:00
  • Holati:
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image