2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- 2025-yil “Atrof...
- 25.11.2024
- 22:02
- 112
2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”.
Joriy yilning 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.
Davlat rahbari tomonidan har bir yilning alohida nomlanishi kelgusida mamlakatda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan sohalarni rivojlantirish va bu borada “Davlat dastur”lari qabul kilishini o‘z ichiga oladi.
O‘tkazilgan majlisda mamlakat rahbari tomonidan bugunki kunga kelib, jahon miqyosidagi global iqlim o‘zgarishiga qarshi O‘zbekiston ham faol tarzda kurash olib borishi lozimligi ta’kidlanib, atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etilishiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“Yashil iqtisodiyot (Green economy)”- bu tabiiy resurslarni samarali ishlatish, atrof-muhitni asrash va jamiyatning ijtimoiy farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy model bo‘lib, so‘nggi yillarda bu borada jahon mamlakatlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatib boshladi. Endilikda O‘zbekistonda ham “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining bosqichma-bosqich joriy etilishi iqtisodiy o‘sishda ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashi bilan bir qatorda, qayta tiklanadigan energiya manbalari hsioblangan quyosh, shamol, geotermal va gidroenergiyalardan samarali foydalanish orqali energiyani tejashga erishish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarishda esa suv, yer, havo va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, kam emissiyali texnologiyalar, karbon dioksidi (CO₂) va boshqa zararli gazlarning emissiyasini kamaytirish uchun yangi, toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda plastik va boshqa chiqindilarni qayta ishlash va ulardan yana foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.
Shuningdek, “yashil iqtisodiyot”ning tamoyillari asosida iqtisodiyotni boshqarishda innovatsion va ekologik zarari kam bo‘lgan texnologiyalarni O‘zbekiston xududiga olib kelish, ulardan samarali foydalanishlari uchun tadbirkorlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishlarida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish barobarida bojxona hamda solik to‘lovlaridan imtiyozlar joriy etilishini ko‘zda tutadi.
Sattarova Gulnoza Xabibullayevna.
NamDU Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi o‘qituvchisi
Qidirish
So'nggi yangiliklari
Relationship
- 25.11.2024