Dunyoda voyaga yetmagan mahkumlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashda jazoni ijro etish muassasalari tomonidan insonparvarlik prinsipiga rioya etilishida tizimli muammolar uchramoqda. BMT sharhlariga ko‘ra, “So‘nggi 20 yilda Yevropa hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida voyaga yetmagan mahkumlar soni 90 foizga kamayganligi asosan subyekt yoshi minimallashtirilganligiga bog‘liq”1. Obyektiv
jihatdan esa, voyaga yetmagan mahkumlar sonining ortishi voyaga yetmagan mahkumlarning penitensiar retsidiv jinoyatchilik dinamikasi ortishiga hamda jazodan ko‘zlangan maqsadga erishishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan UNICEF hisobotiga ko‘ra, “Bugungi kunda dunyo boʻyicha jinoyat sodir etganlikda ayblangan yoki u yoki bu jinoiy qilmishda ayblangan 261 ming bola hibsda saqlanmoqda”2. Shu boisdan voyaga yetmagan mahkumlar jazoni ijro etish tizimini optimallashtirish, ularning huquqlarini kafolatlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish muhim hisoblanadi. Bu esa penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini, voyaga yetmagan mahkumlarning huquqiy holatini ishonchli kafolatlash va mavjud kamchiliklarni tashkiliy-huquqiy jihatdan bartaraf etishni hamda voyaga yetmagan mahkumlarning jazoni o‘tash qoidalarini, ularning qayta ijtimoiylashuvini takomillashtirishning dolzarbligidan dalolat beradi.