O`zbek tilini o`qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)

O`zbek tilini o`qitish metodikasi (kognitiv-pragmatik yondashuv asosida)

Muallif: Yuldasheva D. N.,
  • Nashr tili: O'zbek(Lotin)
  • Nashriyot: Durdona
  • Nashr qilingan yili: 2021
  • Sahifalar soni: 424
  • ISBN: Mavjud emas...
  • Ko'rishlar soni: 249

Insoniyat tarixida ta`lim olishga ehtiyoj tug`ilgan kundan boshlab kun tartibiga chiqqan “O`quvchiga nimani o`rgatish zarur?”, “O`quvchini qancha o`qitish kerak?”, “Nima uchuno`qitish shart?”, “Qanday usullar bilan o`qitish lozim?” kabi qadimiy savollar hamisha dolzarb va yechimtalabdir. Bugun ona tili ta`limi oldida ham shu savollar ko`ndalang turibdi. Sababi, insоn shахsidа ruh, tаfаkkur vа til chаmbаrchаs bоg`liq. O`rta umumta`lim maktablarida ona tili ta`limidan ko`zlangan maqsad – jamiyatga ijоdiy vа mustаqil fikrli shахsni tаrbiyalab berish – аmаlgа оshishi uchun quyidagilarni chuqur anglashimiz lozim: 1) bugungi kunda jаmiyatimiz bilimdоn shaxsga ehtiyojmandmi yoki ko`zlagan maqsadga erishishning o`nlab yo`llari borligini, muayyan sharoitda shulardan qay biri yuksak samara bera olishini biluvchi va uni qo`llay oluvchi shахsgаmi? 2) o`rta umumta‘lim maktablarida, o`rta maxsus ta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchiga til imkоniyatlarini yetkazish lozimmi yoki tilshunoslik asoslari-yu til qurilishi –ilmiy grammatik talqinlarnimi? 3) o`zbek jamiyatida hamma tilshunos bo`lishi kerakmi yoki til imkoniyatlaridan to`laqonli foydalana olishni uddlashi zarurmi? Mazkur darslik mohiyatga shu nuqtayi nazar bilan yondashadi. Zero, Milliy Istiqlolning ta`lim oldiga qo`yadigan vazifalari, jumladan, bugungi kunda maktabda ijodiy tafakkur sohibini, o`rta maxsus ta`limda ixtisosiy nutq madaniyati shakllangan ijodiy tafakkurli shaxsni, oliygohlarda jahonning ilg„or mamlakatlari mutaxassislari bilan raqobatdoshlikka iqtidorli mutaxassisni tayyorlash uchun ta‟lim qanday bo„lishi kerakligini belgilash, maqsadga muvofiq mazmun va usullarni to`g`ri tanlash juda-juda muhim.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image