Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish masalalari
- Nashr tili: O'zbek(Lotin)
- Nashriyot: Toshkent
- Nashr qilingan yili: 2023
- Sahifalar soni: 55
- ISBN: Mavjud emas...
- Ko'rishlar soni: 102
Dunyoda keng tarqalgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri hisoblangan mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyinchalik matnda – MChJ deb yuritiladi) rivojlangan davlatlarning huquq tizimlarida (Germaniyada Gesellschaft mit beschränkter Haftung – GmbH, ingliz huquqida Limited Liability Company – LLC, Fransiyada – Societe a Responsabilite Limitee – SARL) har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun jozibador va optimal standartga aylanib ulgurgan. Jahon bankining dunyodagi 190 ta davlatlar iqtisodiyotining qiyosiy tahliliga asoslangan Biznesni tartibga solish bo‘yicha hisobotiga ko‘ra rivojlangan davlatlar iqtisodiyotlarining o‘rta va yirik bizneslari asosan (60-70%) MChJ tashkiliy-huquqiy shaklidan foydalanishadi.1 Axborot texnologiyalari hamda sun’iy intellektning hayotimizga kirib kelishi korporatsiyalarda qarorlar qabul qilish tabiatini butunlay o‘zgartiribyubordi, hatto ayrim korporatsiyalarda ijro organi (direktor) o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda.2 Bu esa ishtirokchilarining o‘z huquqlaridan, ayniqsa axborotgabo‘lgan huquqlaridan foydalanish, MChJ ustav kapitalidagi ulushlarning boshqa shaxsga o‘tishi, jamiyatni boshqarishga oid huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda bir qator nazariy va amaliy muammolarni keltirib chiqarmoqda.