Jinoyat-protsessual munosabatlarda xarajatlar: nazariya va amaliyot

Jinoyat-protsessual munosabatlarda xarajatlar: nazariya va amaliyot

Muallif: Sultonov A. A. ,
  • Nashr tili: O'zbek(Lotin)
  • Nashriyot: Toshkent
  • Nashr qilingan yili: 2024
  • Sahifalar soni: 69
  • ISBN: Mavjud emas...
  • Ko'rishlar soni: 81

Dunyo mamlakatlarida jinoyatlarni tez va to‘la ochish, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlovchi odil sudlov sifatini oshirishga obyektiv zarurat tariqasida qaraladi. Ushbu omillar tufayli jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda sud tizimi xarajatlari davlat byudjetida salmoqli ulushni egallaydi. “2023-yilda AQSh sudlar uchun 8,6 mlrd, politsiyaga 37,65 mlrd dollar sarflab, jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) reytingida 29-o‘rinda turadi3. Mazkur reytingda politsiya xarajatlarining YAIMdagi ulushiga ko‘ra dunyo yetakchilari bo‘lgan Kosta-Rikaga (2,5%) 36, Chiliga (1,9%) 48-o‘rin berilgan4. Xalqaro jinoyatchilik indeksida esa AQSh 58, Kosta-Rika 43, Chili 32-pog‘onada joylashtirilgan”5. Bu huquqiy tartibotni barqarorlashtirish uchun sarflangan xarajatlar bilan odil sudlovning samaradorligi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, jinoyatchilikning ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini hisoblash borasidagi yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image