IQTISODIYOT NAZARIYASI
- Nashr tili: O'zbek(Lotin)
- Nashriyot: Toshkent
- Nashr qilingan yili: 2020
- Sahifalar soni: 794
- ISBN: Mavjud emas...
- Ko'rishlar soni: 67
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur darslik 2002 yilda chop etilgan o‘quv qo‘llanma va 2005, 2010, 2017 yillarda chop etilgan darslikning qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri hisoblanadi. Ushbu darslikni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash yangi davlat andozasi talablari hisobga olingan. Undagi mavzular mazmunini yoritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma’ruzalari, mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar, ayniqsa keyingi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalarning qisqacha tahlili berilgan, ulardagi ijobiy tomonlardan foydalanilgan va ba’zi bir munozarali jihatlar esa tanqidiy ravishda o‘rganilib, mualliflarning shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan.