Iqtisodiy tahlil
- Nashr tili: O'zbek(Lotin)
- Nashriyot: Iqtisod-Moliya
- Nashr qilingan yili: 2020
- Sahifalar soni: 525
- ISBN: 978-9943-13-798-1
- Ko'rishlar soni: 65
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o`stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baholanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi. Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo`lga qo`yish va yuritish mumkin. Iqtisodiy tahlil etish orqali xo`jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, aktivlar va ularning kelgusidagi ko`payishi, kapitali va uning o`sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo`yicha axborotlarni chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yo`lga qo`yish imkoni tutiladi.