Iqtisodiyot nazariyasi
- Nashr tili: O'zbek(Lotin)
- Nashriyot: Fan va texnologiya
- Nashr qilingan yili: 2005
- Sahifalar soni: 776
- ISBN: Mavjud emas...
- Ko'rishlar soni: 51
"Iqtisodiyot nazariyasi" lani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikni yozishda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari hisobga olingan. Undagi har bir mavzuni yoritishda Respublika Prezidenti 1. Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan. Tegishli mavzular bo'yicha keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda nashr etilgan darslik va o'quv qo'llanmalarning qisqacha sharhi berilgan, ulardagi ba'zi bir munozarali jihatlar tanqidiy ravishda o'rganilib, mualliflaming shaxsiy yondashuvlari bayon etilgan. Darslikni tayyorlashda iqtisodiy bilimlarni talabalarga yetkazishning zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalari qo'llanilgan. Xususan, ilgarigi darslik va o'quv qo'llanmalarda uchramagan yangi usul iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o'rganishda ikki tomonlama yondashuv va sintez qilish usuli samarali qo'llanilgan. Darslik bir-biri bilan mantiqan bog'langan to'rt qismdan iborat bo'lib, ularda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti. makroiqtisodiyot va jahon xoʻjaligiga oid mavzular o'rin olgan. Ayniqsa, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining roliga katta e'tibor berilgan. Darslik barcha yo'nalishdagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan.