Mazkur darslik buxgalteriya hisobining nazariy asosi bo‘lib, u fanning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar bo'yicha talabalarda tushuncha hamda ko‘nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, darslik buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonun, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti va sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvshi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tayyorlangan.