0‘quv qoilanmada «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanining muhim masalalari, o‘qitishning interfaol va zamonaviy pedagogik uslublariga asoslangan holda qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. O'quv qoilanmada jahon iqtisodiyotining negizi hisoblangan xalqaro mehnat taqsimoti, jahon xo'jalik tizimining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari, iqtisodiy qonuniyatlari, iqtisodiy markazlari, makroiqtisodiy rivojlanish modellari tahlil qilingan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar asoslari, xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati, xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlari, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning nazariy va amaliy masalalarining mohiyati ochib berilgan.