Galaktikada bir kun

Galaktikada bir kun

Muallif: Quronov S.,
  • Nashr tili: O'zbek(Lotin)
  • Nashriyot: Toshkent
  • Nashr qilingan yili: 2003
  • Sahifalar soni: 89
  • ISBN: Mavjud emas...
  • Ko'rishlar soni: 76

2036-yil, 25-iyun. Qushlarning deraza ortidan kelayotgan chugʻur-chugʻur ovozi, onda-sonda uchib oʻtayotgan aeromashinalarning guvullagan tovushi tong otganidan darak bersa-da, Ahmad bunga parvo qilmas – shirin tushlar ogʻushida uxlar edi. Mana, bir necha oydirki, Ahmad bir tushni qayta-qayta koʻradi. Utushida oʻzi ixtiro qilgan qurilmaga minib, cheksiz koinot boʻylab sayohatga chiqar, turli sayyora va yulduzlarga uchardi. Masalan, kecha koʻrgan tushida Marsning oʻnqir-choʻnqir yuzasida oʻzga sayyoraliklar bilan futbol oʻynagan emish. Bugun esa Saturnning yoʻldoshi Titanga qarab uchgan... Ana, uning kemasi Titanning boʻronli atmosferasini yorib oʻtmoqda. Kema atmosfera bosimiga arang dosh berar va juda qattiq silkinardi. Shu payt abjir fazogirimiz zudlik bilan qoʻnish kerakligini angladi...

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image