1987 yil Xamza nomli Namangan davlat pedagogika insititutining Pedagogika fakulteti qoshida pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Badirjon Nuriddinovich Oripov tashabbusi bilan “Tasviriy san’at, chizmachilik va mexnat” mutaxassisligini ochilishi kafedra tashkil topishiga zamin yaratgan.
Kafedra tarixida birinchi kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gafiyatulla Tubayev tayinlangan. Keyin esa dotsentlar B.N.Oripov, Botirsher Jabbarov, Alijon Turdialiyev, Abdinabi Amanullayev, O‘ktamjon Abdullayevlar kafedra mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan. 1993 yili kafedra faoliyatini kengayishi natijasida “Badiiy -grafika va umumtexnika” fakul’teti tashkil etilgan.
Bu paytda fan nomzodlari Tubayev Gafiyatulla, Qirg‘izboyeva Nafisaxon, Oripov Badirjon, Turdiyev Nurmuxammad, Nu’monov Damirjon, katta o‘qituvchilar Raxmonberdiyev Maxmudjon, Ashurov To‘rajon, Turdialiyev Alijon, Jabbarov Botirsher, Shaxodatov Mirjalol va o‘qituvchilar Amanullayev Abdinabi, Ro‘zinov Baxtiyor, Muxtarova Roxilaxonlar pedagogik faoliyat yuritishgan.
1998 yildan boshlab “San’atshunoslik” fakulteti mustaqil fakultet bo‘lib o‘z faoliyatini boshladi. Fakultetga dekan B.N.Oripov, kafedra mudiri A.Turdaliyev, 2003 yilda A.Amanullayev, 2007 yilda O‘.Abdullayev, 2011 yilda A.Turdaliyev, 2012 yilda O‘.Abdullayev, 2013 yilda B.Jabbarov, 2015 yilda O‘.Abdullayevlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Ayni paytda 2019 yildan buyon B.Oripov kafedra mudiri etib tayinlangan.
Alijon Turdaliyev 1996 yili pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2001 yil Botirsher Jabbarov dotsent ilmiy unvonini, Abdinabi Amanullayev pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini va olishga muvaffaq bo‘ldi. 2007 yili Abdinabi Amanullayev, O‘ktamjon Abdullayevlar dotsent ilmiy unvoni, 2008 yilda Dilmurod Pulatov san’atshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini va 2018 yilda dotsent unvonini, 2019 yilda Xakimjon Rizayev dotsent ilmiy unvonini olgan. 2023 yilda Sharifjonov Muhiddin,Isaqov Abduvohid (PhD) pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 2024 yil Amanullayev Abdunabi professor ilmiy unvonini olgan. 2008 yildan kafedra professor-o‘qituvchilari safiga O‘zbekiston Xalq rassomi, Akademik Asqarbek Akparovning kirib kelishi kafedra rivojiga o‘ziga xos xissa qo‘shdi.
2019 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Farmoniga ko‘ra ko‘plab Oliy o‘quv yurtlarida bo‘lgani kabi NamDUda ham San’atshunoslik fakul’teti tashkil etildi va kafedra “Tasiriy va amaliy san’at” nomi bilan yuritila boshladi.
Universitet kengashining 2021 yil 7 yanvar 4 - sonli majlisining 6.1–masalasida San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasi negizida “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” va “Amaliy san’at va rangtasvir” kafedralari tashkil etilgan.
Universitet kengashining 2023 yil 30 avgust 1 - sonli majlisining 6.2–masalasida Pedagogika fakulteti negizida “Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi” va “Amaliy san’at va rangtasvir” umumiylashtirilib “Tasviriy va amaliy san’at”kafedralari tashkil etilgan.