Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi


Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi.

Namangan davlat universiteti har davrda ta’lim yo‘nalishlarining turli- tumanligi va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash vazifasini bajarib kelgan yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotda ro‘y bergan tub o‘zgarishlar va davlatning iqtisodiy siyosatiga hamohang ravishda 1995 yilda Geografiya kafedrasi mudiri iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjon Abdullayevning tashabbusi bilan kafedra “Geografiya va iqtisodiyot” kafedrasi nomini oldi. Shu yillarda iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha Namangan davlat universitetida muntazam kadrlar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.1999 yildan boshlab kafedra chinakam o‘z yo‘nalishini aniq belgilab oldi va “Milliy iqtisodiyot va bozor munosabatlari” nomi bilan yuritila boshlandi. 2000 yilda mamlakat iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatini ochib berish yo‘lidagi qilingan ishlardan yana biri kafedra “Tarmoqlar va hududlar iqtisodiyoti” nomini oldi. 2004 yilda Namangan davlat universitetida mavjud “Tarmoqlar va hududlar iqtisodiyoti” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralarining birlashuvi natijasida  “Iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etildi.         

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023 yildan boshlab Namangan davlat universiteti iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlash jarayonida tub burilishlar yuzaga keldi. Shunga monand, Iqtisodiyot kafedrasi negizida “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi tashkil etildi. 1992-2010 yillarda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjon Abdullayev, 2010-2011 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Sodiqmirza Abdullayev, 2012- 2017 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Nodirbek Sotvoldiyev, 2017-2019 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kamoliddin Sirojiddinov, 2019-2020 yillarda katta o‘qituvchi Hamdam Ibraximov, 2020-2022 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla Soliyev, 2023 yilda yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Kamoliddin Sirojiddinov kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borishgan. Baxromjon Urinov faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi tasarrufida Iqtisodiyot (tarmoqlar  va sohalar bo‘yicha), Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha), Moliya sohasida boshqaruv, Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar yetishtiriladi. Shuningdek, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassislari, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar tayyorlanadi.
Kafedra tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar 7 nafar fan nomzodi, 8 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar fan doktorlari dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajalar olishgan. Hozirga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va 1000 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirilgan. 2004-2007 yillarda BMTning ta’lim taraqqiyoti dasturi bo‘yicha xalqaro grant, 2018-2020 yillar davomida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasi 2 ta amaliy loyiha bajarilgan.

Kafedra mudiri

BAXROM URINOV JAMOLIDDINOVICH
Lavozimi Kafedra mudiri
Email -
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Unvonsiz

Kafedra tarkibi

KAMOLIDDIN SIROJIDDINOV IKROMIDDINOVICH
Lavozimi Dotsent
Email -
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent
IBODULLOXON SOLIYEV ISMATULLAYEVICH
Lavozimi Dotsent
Email -
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent
KAMOLIDDIN SIROJIDDINOV IKROMIDDINOVICH
Lavozimi Dotsent
Email -
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent
RAXMONJON AXMEDOV MAMADJANOVICH
Lavozimi Dotsent
Email 3101711007@namdu.uz
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent
MUXAMATJON G‘ANIYEV XALILOVICH
Lavozimi Dotsent
Email 3111811001@namdu.uz
Akademik darajasi Fan doktori, DSc
Akademik unvoni Dotsent
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image