Fuqarolik, jinoyat huquqi va protsessi kafedrasi


“Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi mustaqillik yillarida  talim tizimidagi o’zgarishlar, optimallashtirishlar asosida turlicha nomlanib kelingan. 2001-yil 18-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash barobarida  mamlakatimizdagi 17 ta oliy yurtlaridan biri  sifatida Namangan davlat universitetida  “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishiga 2001 yili 20 nafar talaba o‘qishga  qabul qilindi. Tarix fakulteti tarkibida bo‘lgan ushbu  yo‘nalish talabalariga  dastlabki yillarda ijtimoiy – gumanitar fanlardan “Jahon tarixi” kafedrasi va  mutaxassislik fanlaridan huquqshunoslik kafedralarining professor- o‘qituvchilari  dars berishdi. 2005-yilda “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” va “Ijtimoiy madaniy faoliyat yo‘nalish ” lari birlashtirilib “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” bo‘limi  tashkil etildi. 2001-2005-yillarda bu yo‘nalishga tarix fanlar nomzodi Soliev  Rustam Sultonmurodovich  rahbarlik qildi. Yo‘nalish talabalariga o‘tilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari sifatini yanada oshirish maqsadida  2005-yilda “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi, 2006 -yildan mazkur kafedra “Milliy  g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi, 2008 yildan “Milliy g‘oya, ma’naviyat va  huquq asoslari” kafedrasi deb yuritila boshladi. 2005-2012-yillarda ushbu kafedraga  falsafa fanlar nomzodi Mamatov Obidxon Vaqqosovich rahbarlik qildi. Kafedrada dotsentlar Akmal Xusainov, Sodiqjon Norqo’ziev, fan nomzodlari: Egamberdi  Bozorov, Toxirjon Qozoqov, yosh o‘qituvchilar: Barotjon Ibrahimov, Bobomurod Tillaev, Xurshid Mirzaaxmedov, Akmal Abdullaevlar faoliyat ko‘rsatishdi. 2012-2017- yillarda  kafedraga tarix fanlari nomzodi, dotsent Talapov  Bahriddin Alijanovich boshchilik qildi. 2015-yil sentyabr oyidan boshlab Huquqshunoslik kafedrasi  Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi bilan  birlashtirildi. 2019-yilning sentabr oyidan boshlab kafedra “Milliy g’oya va huquq ta’limi”, 2023-yilning sentabridan boshlab “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” deb yuritila boshlandi. 2023-yilning may oyidan boshlab kafedraga falsafa fanlari doktori(PhD) G’apparov Elyorjon Otabekovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Fuqarolik jamiyati va huquq  ta’limi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustivor yo‘nalishi “O‘zbekistonda  milliy demokratik  taraqqiyot va ma’naviy rivojlanish masalalari” ga qaratilgan. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan 2022-yilida G’apparov Elyorjon Otabekovich 09.00.04.-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo’yicha “Ijtimoiy innovatsiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni va ahamiyati” mavzusida doktorilik(PhD) ishini, 2023-yilda Ismoilov Temurbek  Islomovich 13.00.07 - Talimda menejment ixtisosligi bo’yicha “Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlariga akademik  mustaqillik prinsiplarini joriy etish istiqbollari (rivojlangan davlatlar tajribasi misolida)” mavzusida doktorlik(DSc) ishini, Talapov Baxriddin Alijanovich 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi(huquq falsafasi) ixtisosligi bo’yicha “O’zbekistonda milliy demokratik taraqqiyotning falsafiy-huquqiy masalalari” mavzusida doktorlik(DSc) ishini himoya qildi. Ismoilov Temurbek  Islomovich dotsent, Talapov Baxriddin Alijanovich professor unvoniga sazovar bo’ldi. Shuningdek, kafedrada o’qituvchilaridan Habibullayev Marufjon Odiljon o’g’li falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD unvonini olish uchun ilmiy  seminardan o’tdi, Sultonov Akmaljon Xasanovich va Tillayev Bobomurod Abduvoxobovichlarning ilmiy tadqiqot mavzusi OAK jurnalida e’lon qilindi.O’qituvchi Satvoldiyev Faxriddin Akbarali o’g’lining pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD ilmiy unvonini olish uchun hujjatlarini ilmiy kengashga topshirdi. 

Kafedra katta o’qituvchisi B. Tillayev tomonidan 2022-yilda “Тарбия фани муаммолари ва унга ананавий ва замонавий ёндашувлар” nomili o’quv qo’llanma, kafedra dotsenti T. Ismoilov tomonidan 2022-yilda “Tarbiya nazariyasi va amaliyotida falsafa, mafkura va ma’naviyat masalalari” nomli o’quv qo’llanma,  Milliy g’oya, ma’naviyatning pedagigik asoslari nomli darslik, kafedra dotsenti G’apparov Elyorjon Otabekovich tomonidan 2022-yilda “Milliy tarbiya tarixi va  nazariyasi”, 2023-yilda “Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” nomli o’quv qo’llanma, kafedra professori Talapov Baxriddin ijanovich tomonidan 2023- yilda “O’zbekistonda demokratiya va milliy demokratik taraqqiyot masalalari” nomli darslik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug’iga asosan nashr etildi.

Hamkorlik aloqalari 

Kafedra jamoasi Respublikadagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy  tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon va Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti  bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.Ayni vaqtda kafedra jamoasi Namangan davlat    universiteti qoshidagi 1- akademik litsey, Namangan yuridik kolleji, Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi 11-maktab, Namangan shahridagi 20-maktab bilan  korporativ hamkorlik aloqalari o‘rnatgan.

Xorijiy aloqlar

Kafedra professor- o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik, malaka oshirish , xalqaro grantlar bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. Chunonchi, kafedra mudiri B.  Talapov 2003 yili Malayziyaning Mara universitetida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ulardan samarali foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirgan. U TEMPUS dasturining TUCAHEA - “Markaziy Osiyo Oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida struktural adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish” xalqaro grantining  a’zosi. U mazkur grantning Samarqand(2014 yil), Namangan(2015 yil) va Bishkek (2015 yil ) shaharlarida o‘tkazilgan  kengaytirilgan  yig‘ilishlarida  o‘zining ma’ruza va takliflari bilan ishtirok etdi.  Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Erasmus +  loyihasi doirasida Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim  vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz, Rezekne texnologiya akademiyasi(Latviya), London Metropolitan Universiteti (Buyuk Britaniya), Peloponnes Universiteti(Gretsiya), O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi va respublikamizdagi 7 ta oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda “O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modenizatsiyalash” mavzusidagi 2016- 2018 yillarga mo‘jallangan loyihaning faol a’zosidir. Ayni vaqtda  kafedra professor- o‘qituvchilarining Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Chelyabinsk, Ukrainaning Kiev va Germaniyaning  Shtutgard shaharlarida  nashr etiladigan ilmiy-nazariy jurnalarida ilmiy maqolalari chop etildi. Ularning asosiy qismi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy  sohadagi islohotlarning mazmun – mohiyatni yoritishga, ularni nazariy jihatdan umumlashtirishga qaratilgan.

Kafedra mudiri

MARAPAT AKAYEVA ABDUXALIKOVNA
Lavozimi Kafedra mudiri
Email marapatakayeva@gmail.com
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent

Kafedra tarkibi

TEMURBEK ISMOILOV ISLOMOVICH
Lavozimi Dotsent
Email -
Akademik darajasi Fan doktori, DSc
Akademik unvoni Dotsent
FAXRIDDIN MUSAYEV ABDUSATTAROVICH
Lavozimi Professor
Email 3152311083@namdu.uz
Akademik darajasi Fan nomzodi, PhD
Akademik unvoni Dotsent
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image