Asosiy kontentga o'tish

Matematika kafedrasi


Matematika kafedrasi asosi Namangan o’qituvchilar instituti bazasida 1945-1946 o’quv yilida tabiiy fanlar kafedrasi qoshida ilk bor ochildi. 1955-1956 yildan boshlab Namangan davlat pedagogika institutiga aylantirilgandan so’ng matematika kafedrasi fizika-matematika kafedrasi ichida faoliyat koprsatgan. 1960 yilgacha kafedrani Gpofurov Murodxon boshqargan.

1972 yildan boshlab matematika kulliyoti fizika-matematika kulliyotidan ajralib chiqqandan so’ng kafedra matematik tahlil va matematika o’qitish uslibiyoti tarkibida faoliyat koprsatdi. 

1972-1974 yillar orasida kafedrani dotsent J.Azimov boshqardi. Kafedrada tajribali o’qituvchilar X.Otaxanov, T.Abdullaev, D.Otaqo’z iev, A.Baruxov, U.Xojixanov, T.Samatov, R.Mamasodiqov, L.Gpaybullaev, N.SHokirova, F.Amirov, S.Murodxodjaev, F.Najmiddinov va boshqalar faoliyat koprsatganlar. Bu davrda umumiy matematika kafedrasini dotsent Yo.Aminov boshqargan.

1974-1975 o’quv yiliga kelib kafedra matematik tahlil kafedrasi ichida faoliyat koprsatdi va 1977 yildan boshlab 1990 yilgacha kafedrani professor R.Ibragimov boshqardi. Bu yillar orasida T.Samatov, R.Mamasodiqov, H.Olimov, Yu.Ergashev, S.Alixonov, M.Xolmurodov, A.Mashrabboev, M.Karimov, A.Akbarov, D.Otaqo’z iev, Yu.Toshmirzaev, S.Jamalov, E.Ahmedov, S.Murodxodjaev, O.Saxabov, Q.Xusanov, A.Xalilov, M.Raxmatullaev, X.Rasulov, F.Najmiddinov va boshqalar fan nomzodlari bo’ldilar.

Bu professor-o’qituvchilar Beruniy nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti lauriyati, 1971 yildan 1993 yilgacha rektorlik lavozimida ishlagan, “El-yurt hurmati ordeni” va bir necha medallar sohibi professor M.Mamatov rahbarligida va yopllanmalari bilan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, tasodifiy jarayonlar, tarmoqlanish jarayonlar, funktsional analiz, matematika o’qitish metodikasi, algebra, geometriya, matematik modellashtirish kabi fanlardagi muammolari yopnalishlarida ish olib bordilar.

Albatta, bu olimlarning ilmiy ishlariga yetuk o’z bek matematik olimlarimiz akademiklar T.A.Sarimsaqov, S.X.Sirojiddinov, M.S.Salohiddinov, T.A.Azlarov, SH.K.Farmanov, T.Oprozboev, professorlar M.U.Gpafurov, I.S.Badalbaev, J.Ikramov, rus olimlardan akademik V.D.Belousov va boshqalar rahbarlik qildilar.

1991 yildan boshlab yosh olimlar f.-m.f.d. M.Badalov, dotsent N.Xatamov, f.-m.f.n. T.Ergashev, dotsent X.Rasulov, H.Najmiddinova va boshqalar kafedrani ilmiy salohiyatini yanada oshirdilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari Moskva davlat universiteti, peterburg davlat universiteti, UzFA, O’z MU va ko’plab universitet va institutlar bilan uzviy aloqada ish olib bormoqdalar.

Matematika kafedrasiga 1991 yildan hozirgacha M.Mamatov, D.Otaqo’z iev, A.Mashrabboev, N.Xatamovlar rahbarlik qildilar. Hozirgi matematika kafedrasi bir necha nomlar bilan yuritilgan: matematik tahlil, matematik tahlil va geometriya, ehtimollar nazariyasi, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasi, algebra va matematika o’qitish metodikasi.

Kafedra professor-o’qituvchilari ko’pgina ilmiy-uslubiy maqolalar, o’quv qopllanmalar, darslik mualliflaridir. Ular xalqaro anjumanlarda mahruzalar bilan qatnashib kelganlar va qatnashmoqdalar (M.Mamatov, M.Xolmurodov, A.Mashrabboev, R.Ibragimov, N.Xatamov) qoppgina xalqaro anjumanlarda qatnashgan.

Mustaqillik yillarida kafedrada faoliyat koprsatganlar haqidagi mahlumotlar quyidagicha:

professor M.Mamatov ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha ilmiy-uslubiy maqolalar, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalar topplami”, “O’qituvchi”, 1991. (R.Ibragimov bilan hamkorlikda), “Maktabda oprta Osiyo matematiklari merosidan foydalanish”, “O’qituvchi”, 1982 (R.Ibragimov hamkorlikda), “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, T. 2008. (R.Ibragimov, A.Mashrabboevlar bilan hamkorlikda) kabi o’quv qopllanmalar muallifidir.

Dotsent D.Otaqo’z iev (1941-2012) Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha mutaxassis. 

1981-1991 yillarda kafedra mudiri, 1992-93 yillarda fakultet dekani, 40 ga yaqin ilmiy uslubiy ishlar, 10 ga yaqin o’quv-uslubiy qopllanmalar, xususan, “Matematikadan qopllanma” 2 kitob, O’qituvchi 1990. (T.Azlarov, M.Mirzaaxmedov va boshqalar bilan ham muallif), “Matematik viktorinalar”, “Matematika madhi”, “Riyoziyot gulshani”, “Matematik kechalar”,  “Inson va dunyo” kabi shehriy kitoblar muallifidir.

Dotsent Mamasodiqov Rahimjon (2014) – matematika o’qitish metodikasi bo’yicha mutaxassis. 1987-1993 yillarda fakultet dekani, 30 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqola va uslubiy qopllanmalar muallifidir.

Dotsent Yo.Aminov (1936-2014) mexanika bo’yicha mutaxassis. 1966-1977 kafedra mudiri, 1977-1987 yillarda matematika fakulteti dekani. 40 dan ortiq ilmiy va metodik maqolalar muallifi.

professor R.Ibragimov ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha mutaxassis, 20 yil davomida kafedra mudiri, fakultet dekani, 140 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, M.Mamatov bilan hamkorlikda 3 ta o’quv qopllanma va “Tarmoqlanish jarayoni uchun limit teoremalar” monografiya (T. 1991 y.) chop etilgan. 15 ta ilmiy ishlari Moskvada bosib chiqarilgan. “Itogi nauki” turkum serial kitobida sarhisob qilingan. “Do’stlik” ordeni sohibi (1995 y.). Ko’plab jahon anjumanlarda mahruza qilgan. 

1971-1977 yillari respublika televideniyasida oliy matematikadan mahruza o’qigan. Kafedradagi ehtimollar nazariyasi va matematik statistika seminari tashkilotchisi.

professor Alixonov Sodiqjon (1946-2013) matematika o’qitish metodikasi bo’yicha mutaxassis. 1991-1993 yillarda kafedra mudiri, 1994-2002 yillarda matematika fakulteti dekani, 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar va ko’pgina o’quv qopllanmalar muallifi, xususan, “Matematika o’qitish metodikasi” o’quv qopllanmasini yaratgan, so’ngra darslik va shu bilan birga bu kitob Respublika konkursida birinchilikni olgan.

Dotsent S.Murodxopjaev algebra fani bo’yicha mutaxassis, kafedra mudiri, ko’p yillar davomida universitet test markazi boshligpi, ... ga yaqin ilmiy-uslubiy va o’quv uslubiy ishlar muallifi. Uning ishlari Rossiya, Moldaviya, Yugoslaviya, Vengriya va Respublikamizning nufuzli jurnallarida chop etilgan.

Dotsent A.Mashrabboev ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha mutaxassis, 1993-1995, 1997-2002 yillarda Matematik tahlil va ehtimollar nazariyasi kafedrasi mudiri, ichki nazorat va monitoringi prorektori, moliya va iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektor, fizika-matematika fakulteti dekani kabi lavozimlarida ishlagan. 60 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi. “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” o’quv qopllanma (M.Mamatov, R.Ibragimovlar bilan hammualliflikda), “Tarmoqlanish jarayoni” “FAN” nashriyoti monografiyasi muallifidir.

Dotsent M.Xolmurodov ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha mutaxassis, Algebra va MO’M kafedrasi mudiri, ... dan ortiq ilmiy uslubiy maqolalar va ... o’quv qopllanma muallifidir. U ko’pgina xalqaro simpoziumlarda o’z  mahruzalari bilan qatnashgan (Vilgpnyus, Kiev, Toshkent).

M.Xolmurodov tadbiqiy matematika bilan samarali ishlar qilmoqda, ayniqsa matematikani meditsinaga tadbiqi sohasida katta muvofaqiyatlarga erishmoqda, ko’pgina grantlar a’zosi.

Dotsent X.Rasulov algebra sohasi bo’yicha mutaxassis. Algebra va MOpM kafedrasi mudiri bo’lgan. 15 ga yaqin ilmiy – uslubiy ishlar muallifi, Toshkentda 20 o’quv qopllanmasi bosilib chiqqan, ilmiy ishlari Rossiyada, respublikamizning nufuzli jurnallarida chop etilgan.

Dotsent N.Xatamov, fizika matematik tenglamalari bo’yicha mutaxassis, hozirda u Matematika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 30 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 2014 yilning o’z ida 4 ta ilmiy maqolasi Rossiyaning TMF jurnalida chop etildi.

Dotsent Yu.Toshmirzaev differentsial tenglamalar bo’yicha mutaxassis. 20 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

p.f.n., katta o’qituvchi H.Najmiddinova algebra bo’yicha mutaxassis. 20 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.

F.-m.f.n. T.Mirzaev ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha mutaxassis. 36 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. 

Bundan tashqari 10 nafar  yosh o’qituvchilar kafedrada faoliyat olib bormoqda.

O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi matematika institutida dots. M.Rahmatullaev va katta o’qituvchi R.Xakimovlar muvofaqiyat bilan ilmiy tadqiqot sifatida ishlamoqdalar.

Kafedraga respublikamizning yetuk olimlari azaldan boshlab matematikaning turli muammolariga oid mahruzalar qilib kelganlar va kelmoqdalar. Marhum akademiklarimiz T.A.Sarimsaqov, S.X.Sirojddinov, V.K.Qobulov, T.A.Azlarov va barhayot akademiklarimiz M.S.Salohiddinov, SH.K.Farmanov, SH.Ayupov, professorlar O’.Rozikov, B.Omirovlarning mahruzalaridan yoshlar o’z larining kelajakdagi mavzularini aniqlab qolmasdan bu domlalarni shogirdlariga aylandilar.

Nafaqat respublikamiz olimlari balki Rossiyaning yetuk olimlari B.V.Gnedenko, A.A.Baravkov, A.N.SHiryaev, B.A.Sevastyanov va boshqalar mahruzalar o’qigan.

2014 yili Koreyaning universiteti olimlari ham kafedraga tashrif buyurganlar.

Kafedrada professor M.Mamatov tashkil qilgan ilmiy seminar ishlab kelmoqda.

Matematika, hozirgi fizika-matematika fakultetini bitirib chiqqan talabalarimiz kelajakda fizika-matematik, pedagogika fanlari nomzodlari bo’ldilar, bularga R.Mamasodiqov, S.Alixonov, D.Otaqo’z iev, M.Xolmurodov, T.Ergashev, X.Rasulov, G.Yunusova, H.Najmiddinova, R.Ikramov, U.Boboxojaev va boshqalarni kiritish mumkin.

Kafedra professor o’qituvchilari nafaqat universitetda balki viloyatdagi muhim tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar.

Talabalarimiz talabalik yillardayoq ilmiy uslubiy ishlar bilan shugpullanib kelmoqdalar, bularga kafedra professor o’qituvchilari rahbarlik qilib kelmoqdalar, xususan bulardan hozirgi fan nomzodlari H.Najmiddinova, T.Mirzaev, o’qituvchilar I.Sattarov, iqtidorli talabalar J.Usmonovlarni kiritish mumkin.

Akademik T.A.Sarimsaqov tashkil qilgan “Yosh matematiklarning yangi teoremalari” nomli respublika ilmiy amaliy anjumani uch yilda bir marta faoliyat koprsatmoqda. 2013 yilda navbatdagi anjuman bo’lib o'tdi, bunda 250 ta yetuk olimlar, yosh matematiklar qatnashdilar, anjumanga Rossiyadan ham mehmonlar tashrif buyurdilar, uch qismdan iborat ilmiy topplam 300 nusxada bosilib chiqdi.

2015 yili may oyida akademik S.X.Sirojiddinovning tavalludlarini 95 yilliklariga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazish mo’ljallangan.

Kafedramiz viloyatimizdagi NamPI va NamMIlari bilan uzviy bog’langan, ulardan professor V.Hojiboev, dotsent A.Rahmanov mahruzalar o’qiydilar.

Matematika kafedrasi viloyat kasb-hunar kollejlari, uchta akademik litseyimiz bilan uzviy bog’langan, ma’ruzalar o’qiydilar.

Namangan davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashi ruxsati bilan juda ko’p o’quv-uslubiy ishlar bosilib chiqqan va talabalarimiz bulardan foydalanib kelmoqdalar.

Va 2020-yildan buyon bu kafedrani nomi “Matematik analiz” kafedrasi deb turitiladi.

Kafedra mudiri

NOSIRJON XATAMOV MUYDINOVICH
Lavozimi Kafedra mudiri
Email -
Akademik darajasi Fan doktori, DSc
Akademik unvoni Dotsent

Kafedra tarkibi

T/R F.I.O Lavozimi Email Akademik darajasi Akademik unvoni
1 XILOLAXON TOXIRJONOVA YUSUFJON QIZI Stajer-o‘qituvchi - - -
2 ADXAMJON USUBJONOV AXADJON O‘G‘LI Katta o‘qituvchi - - -
3 RASHID POLVANOV RAXIMJANOVICH Dotsent - - Dotsent
4 RAVSHANBEK ISLOMOV TURGUNALIYEVICH Katta o‘qituvchi - - -
5 MAMATXON XOLMURODOV QO‘CHQOROVICH Dotsent - Fan nomzodi, PhD Dotsent
6 FARRUXJON DEXQONOV NURIDDIN O‘G‘LI Dotsent f.n.dehqonov@gmail.com Fan doktori, DSc Dotsent
7 ZULXUMOR ABDUKAXOROVA TUXTASINOVNA Katta o‘qituvchi - Fan nomzodi, PhD -
8 VALI XODJIBAYEV RAXIMDJANOVICH Professor 3101611002@namdu.uz Fan nomzodi, PhD Dotsent
9 ABDULBOKI RAXMANOV XXX Dotsent 3110211006@namdu.uz - -
10 MAXMUD XORILOV ABDUMALIKOVICH Stajer-o‘qituvchi - Fan nomzodi, PhD -
11 RUSTAMJON XAKIMOV MAXMUDOVICH Professor - Fan doktori, DSc Professor
12 KAMOLA UMIRZAQOVA ORIPJANOVNA Katta o‘qituvchi - - -
13 MUZAFFAR RAXMATULLAYEV MUXAMMADJANOVICH Professor 3562011174@namdu.uz Fan doktori, DSc Professor
14 ILXOMJON JO‘RAYEV TURSUNMUXAMMEDOVICH Katta o‘qituvchi - - -
15 DILSHOD EGAMOV ODILJONOVICH Assistent - - -
16 FARXODJON ARZIKULOV NEMATJONOVICH Professor - Fan doktori, DSc Professor
17 BAXROM IRGASHEV YUSUPXANOVICH Dotsent 3102211003@namdu.uz - -
18 DILNOZA MAXMUDOVA XAYTMIRZAYEVNA Dotsent - Fan nomzodi, PhD Dotsent
19 RAVSHAN SOBITOV ABDIRAYIMXONOVICH Katta o‘qituvchi - - -
20 MAXLIYO ABDUSALOMOVA RASULJON QIZI Assistent - - -
21 MUZAFFAR KARIMOV MUSAXONOVICH Katta o‘qituvchi - - -
22 ISKANDAR SATTAROV ABU-ALIYEVICH Dotsent - Fan nomzodi, PhD Katta ilmiy xodim
23 O‘KTAMJON MAMADALIYEV XASANBOYEVICH Dotsent - Fan nomzodi, PhD Dotsent
24 YUSUP TASHMIRZAYEV USMANOVICH Dotsent - Fan nomzodi, PhD Dotsent
25 MEXRUZA ABDULBORIYEVA ANVAR QIZI Assistent - Fan nomzodi, PhD -
26 ILXOMJON TILLABAYEV NASIRIDINOVICH Katta o‘qituvchi - - -
27 YUSUPJON APAKOV PULATOVICH Professor 3101711011@namdu.uz Fan doktori, DSc Professor
28 OLIMJON ALIXANOV ODILJON O‘G‘LI Assistent - - -
29 MUXTORJON MAXAMMADALIYEV TURSUNMUXAMMAD O‘G‘LI Dotsent - Fan nomzodi, PhD Dotsent
30 FARXOD XOLMURADOV MAMATXONOVICH Katta o‘qituvchi - - -
31 ABDUQAXXOR QURBONOV XOLDORJON O‘G‘LI Assistent - - -
32 RISKINBOY IBRAGIMOV XXX Dotsent - Fan nomzodi, PhD Professor
33 SABOXAT URALOVA ISMOILJON QIZI Katta o‘qituvchi - Fan nomzodi, PhD -
34 FARXOD SHARIPOV MURODULLAYEVICH Katta o‘qituvchi - - -
35 AKBARXO‘JA TO‘XTABAYEV MAMAJONOVICH Stajer-o‘qituvchi 3102011110@namdu.uz Fan nomzodi, PhD -
36 MUXAYYO RASULOVA AKBARJON QIZI Dotsent - Fan nomzodi, PhD Katta ilmiy xodim
37 NAZOKAT QODIROVA ABDULVOXID QIZI Stajer-o‘qituvchi - - -
38 ZARIFAXON SOTIMBOYEVA ERKINJONOVNA Assistent - - -
39 BAXODIR XODJIYEV G‘ULOM O‘G‘LI Assistent - - -
40 BAHTIYOR TOJIBOYEV ZOKIRJON O‘G‘LI Assistent - - -
41 JAVOHIR ASQAROV NURALI O‘G‘LI Assistent askarjavokhirgm@il.com - -
42 ULUGBEK RAXMATULLAYEV MUXAMMATJONOVICH Katta o‘qituvchi - - -
43 RASHID MAMADJONOV ABDULLAJONOVICH Katta o‘qituvchi - - -
44 RUSTAMJON MURADOV SOBITXONOVICH Dotsent 3111711013@namdu.uz - -
45 SHERALI UMRZAKOV KOSIMOVICH Assistent - - -
46 JASURBEK EGAMOV ABDUVOXOBOVICH Katta o‘qituvchi - - -
Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image