Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi — Inson, jamiyat va davlat uyg‘unligini ta’minlaydigan huquqiy dasturi amaldir

Yangi O‘zbekiston ijtimoiy va dunyoviy davlat Konstitutsiyamiz Muqaddimasida davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar aniq belgilab berilgan.

Birinchi tamoyil — inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqlik. Bu bilan Konstitutsiyamiz insonning asrlar davomida dunyoda shakllangan asosiy ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va asosiy huquqlarini o‘zida mujassam etgan holda, insonning oliy qadriyati — uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati ekanini e’lon qildi. Konstitutsiyamizning avvalgi tahriridan farqli o‘laroq, uning yangi tahririning asosiy g‘oyasi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, inson sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash, ilgari mavjud bo‘lgan “davlat — jamiyat — shaxs” paradigmasini yangi: “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga o‘zgartirishdan iborat.

Ikkinchi tamoyil — demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqat. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqda “inson qadr-qimmati” tushunchasi har bir inson hurmatga loyiq ekanini tushunishga asoslangan tenglik va shaxsiy erkinlik tushunchalari bilan uzviy bog‘liq.

Uchinchi tamoyil hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglash (avlodlar huquqlari tengligi prinsipi), shuningdek, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash, atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil intilish.

Shu ma’noda, konstitutsiyaviy islohotlarda huquqiy, ijtimoiy davlat imperativini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Birdamlik, adolatli ijtimoiy siyosat, inson kapitalini rivojlantirish tamoyillari ustuvorligiga tayanildi.

Islomjon Odilov
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha birinchi prorektor

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image