Yangi tahrirdagi konstitutsiya: demokratik tamoyillar va milliy taraqqiyot poydevori

Konstitutsiya – davlat suvereniteti, xalq hokimiyati, inson huquq va erkinliklari, siyosiy-huquqiy tizimning asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi bosh qonundir. O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi Respublika taraqqiyotining huquqiy poydevorini yaratib, davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari hamda iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlarini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Ushbu tarixiy hujjat o‘tgan yillar davomida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, davlat va jamiyat hayotini izchil rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi demokratik tamoyillarni chuqurlashtirish, fuqarolarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish, davlat institutlari faoliyatini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va inson huquqlariga oid xalqaro standartlarni to‘liq joriy etish kabi dolzarb ehtiyojlardan kelib chiqdi. Shu nuqtayi nazardan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida: “Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, Konstitutsiya–xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasidir,” deya ta’kidlagan edi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishining shundan iboratki, hozirgi globallashuv sharoitida davlatimizning barqaror taraqqiyoti, inson kapitalining yuksalishi, fuqarolarning faolligi, islohotlarning amalga oshishi Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois Konstitutsiyaning mazmuni, undagi asosiy prinsiplarga berilgan zamonaviy yondashuv va ularning davlat hamda jamiyat hayotidagi ahamiyatini chuqur o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Xayotbek Kadirov
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image