Barqaror taraqqiyot va global integratsiya yo‘lida O‘zbekiston tashabbuslari

Hurmatli tengdoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi ushbu muhim anjumanda so‘zlagan nutqi xalqaro hamjamiyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalarga bag‘ishlandi. Ushbu nutq nafaqat dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarning murakkab muammolariga, balki ularning global iqtisodiyotda teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy takliflarga ham e’tibor qaratdi.  

Muhtaram Prezidentimizning nutqlarida Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tranzit yo‘laklarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslari yuksak baholandi. Xususan, O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘li, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l magistrali va O‘rta yo‘lakni rivojlantirish kabi loyihalar mintaqadagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va global integratsiyani ta’minlashda muhim qadamlar sifatida alohida e’tirof etildi.  

Biz Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitim, Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlarning logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi va Zaiflik global indeksini ishlab chiqish kabi tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu takliflar nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda adolatli iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.  

Alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning agrotarmoqda Innovatsion xab yaratish tashabbusi suvni tejash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va moslashuvchan agrotexnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim qadamdir. Bu nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun ekologik va iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi.  

Prezidentimiz nutqida ta’kidlangan global bozorlarga teng chiqish imkoniyati – bu nafaqat iqtisodiy zarurat, balki adolat va barqaror rivojlanishning muhim omilidir. O‘zbekistonning ushbu masalalarda konstruktiv va uzoq muddatli sheriklikka tayyor ekanligi xalqaro hamjamiyat uchun muhim ishonch va hamkorlik ramzidir.  

Biz ushbu nutqda aks etgan g‘oyalar va takliflarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyormiz va Markaziy Osiyo mintaqasining jahon iqtisodiyotida munosib o‘rin egallashiga o‘z hissamizni qo‘shishga intilamiz. O‘zbekistonning tinchlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida  gi tashabbuslariga yana bir bor yuksak baho berib, ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Omonulloxon NASRULLAEV

Iqtisodiyot fakulteti talabasi

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image