Muhtaram yurt boshimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig'ilishda ta'limdan mehnat bozoriga o‘tishda tizimli islohotlar amalga oshirilishi davlat siyosati darajasida ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Bu esa o‘z navbatida har bir oliy ta'lim dargohini yakunlagan yoshlar ish bilan ta'minlanishi dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.
Jumladan, mamalakatimizda faoliyat yuritayotgan 40 ta oliygohga berilgan moliyaviy mustaqillik iqtisodiyot, yuridik, tibbiyot, tillar va pedagogika yoʻnalishlarida o'z samarasini berdi. Bu esa o'z navbatida oliy ta'lim dargohlarini salohiyatini oshishiga turtki bo'ldi.
Oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy sektor uchun ma’qul keladigan tizim yaratililishi va buning uchun tadbirkorga Tadbirkorlar reytingida alohida ko‘rsatkich (qo’shimcha ball) qo'shilishi bitiruvchi yoshlarni mehnat bozoriga qamrab olishda tashlangan ulkan qadam deyilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu tizim orqali har bir bitiruvchi o'zining mutaxassisligi bo'yicha ish topishi osonlashadi.
Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.
Yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan. Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit berilishi mehnat bozorida yoshlarga bo'lgan ehtiyojni yanada ortiradi.
Tizimli amalga oshirilayotgan yangi islohotlar yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kadr bo’lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuhratjon Haydaraliyev - Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, falsafa fanlari doktori, dotsent