Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti to‘g‘risida joylangan murojaatga rasmiy munosabat

2025-yil 22-avgust kuni Telegram messenjeridagi “Nodavlat oliy ta’lim muassasalari” hamda “Oliy ta’limga oid xabarlar” sahifalarida “Namangan davlat universitetida nimalar bo‘lyapti?” sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilindi. Murojaatda keltirilgan ma’lumotlar asossiz hisoblanib, universitet tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda qonunlar asosida amalga oshirilmoqda.

2024/2025-o‘quv yilida Namangan davlat universitetida 43 nafar tyutor faoliyat yuritgan bo‘lib, 5200 nafardan ortiq talabalarga biriktirilgan va joriy o‘quv yilida universitetda talabalar sonining kamayishi hisobiga tyutorlarga ajratiladigan shtatlar qisqarishini hisobga olib ularning faoliyatini o‘rganish 2024/2025 o‘quv yilida samarali faoliyat yuritgan, bilimli, salohiyatli tyutorlarni saralab olish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 30-sentyabrdagi “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 412-sonli buyrug‘i 1-ilovasi 15-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2025-yil 26-iyun sanasida 275-B/O sonli buyrug‘i bilan ularning faoliyatini o‘rganish yuzasidan baholash mezonlari hamda ishchi guruh tuzildi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda iyun oyining oxirida barcha tyutorlarga talabalar sonini kamayishi hisobiga shtatlar qisqartirilishi bo‘yicha yozma ravishda ogohlantirish xatlari berilgan.

2024/2025 o‘quv yilidagi faoliyat hisoboti bo‘yicha berilgan ballarga ko‘ra, eng past natijani ko‘rsatgan yetti nafar tyutorning ikki nafari mutaxassisligi bo‘yicha tegishli kafedralarga ishga o‘tkazilmoqda. Qolgan besh nafar tyutor esa o‘z lavozimida qoldirilib, ular yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan individual suhbatlar o‘tkazilib, malaka oshirish kurslari hamda treninglarda ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuni ta’kidlash joizki, murojaat matnida keltirilgan 9 nafar tyutor asossiz ishdan bo‘shatilgani haqiqatdan yiroq hisoblanadi.

Shu o‘rinda barcha bloger, jurnalist hamda ommaviy axborot vositalariga universitet doimo ochiqligini va hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyorligini bildiramiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image