Universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Jahon tillari fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashdi

Namangan davlat universitetida talabalarning fikr va takliflarini tinglash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda universitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Jahon tillari fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda soha prorektorlari, fakultet rahbariyati, yoshlar yetakchilari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, talaba-yoshlar tomonidan joriy yilda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan tashabbuslar hamda kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida talabalarning fikr va takliflari alohida tinglandi, ular o‘z g‘oya va tashabbuslarini erkin ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, talabalar uchun qo‘shimcha resurslar va imkoniyatlar yaratish, fakultetlararo hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni ilgari surish bo‘yicha ham takliflar bildirildi.

Universitet rahbari ushbu uchrashuvlarni muntazam tashkil etish orqali yoshlarning universitet hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularning fikrlarini eshitish va amaliy yechimlar ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

Namangan davlat universitetida talaba-yoshlarning tashabbuslari va faoliyati doimo qo‘llab-quvvatlanadi, ularning takliflari esa universitet rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida hisobga olinadi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image