2024-yil – 1-iyun kuni soat: 09.00 va 11.00da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar (10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 10.00.11–“Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosliklari bo‘yicha)ning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:

  1. Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Yokubbayeva Umida Abduvaxob qizining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asarining funksional-semantik va lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi 10.00.01 - Oʻzbеk tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madaliyevna, filologiya fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar: Xojialiev Ismoil Tojiboyevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

To‘raxo‘jayeva Adibafilologiya fanlari nomzodi, dotsent.

  1. Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Sativoldiyeva Dildora Sadridin qizining “Oʻzbek tili toponimik tizimida konversiya va transonimizatsiya” mavzusidagi 10.00.01 - Oʻzbеk tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich filologiya fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori,

professor Ahmedov Sobirjon Nazarqosimovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.

Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi. 

Event information

  • Date of publication: 01.06.2024
    09:00
  • End time: 01.06.2024
    14:00
  • Status:
Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image