“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida intellektual bellashuv tashkil etildi

Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti tomonidan Namangan shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur intellektual bellashuv yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni bilimga, tafakkurga asoslangan faoliyatga jalb etish maqsadida tashkil etildi. Garchi ta’til vaqti bo‘lsa-da, o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan qiziqishlari va intellektual salohiyati yuqoriligi tadbir davomida yaqqol namoyon bo‘ldi.

O‘yin boshlanishi bilan o‘quvchilar o‘z bilim va qiziqishlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida faol ishtirok etdilar. 10 raund davom etgan bellashuv bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Ayrim savollarga esa ishtirokchilar javoblarini muddatidan ilgari tayyorlab, o‘zlarining tayyorgarligi va bilimi bilan e’tiborni tortdilar.

Murosasiz o‘tgan bellashuv yakunida Namangan shahridagi 11-sonli maktab jamoasi 6:4 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Mazkur tadbir yoshlar orasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

photo_2025-07-07_13-44-34.jpgphoto_2025-07-07_13-44-51.jpgphoto_2025-07-07_13-44-53.jpgphoto_2025-07-07_13-44-55.jpgphoto_2025-07-07_13-44-57.jpg

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image