Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti tyutori H. Sayfitdinova hamda Davlatobod tumani Bolalar-o‘smirlar sport maktabi murabbiyi G. Abdulxodiyeva tomonidan “Sport – sog‘liq garovi” shiori ostida mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirokida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqish va ijobiy munosabatni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, sportning inson salomatligidagi o‘rni haqida ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi. Turli jismoniy mashqlar va sport o‘yinlari orqali yoshlar orasida musobaqalashish ruhi va jamoaviylik ko‘nikmalari shakllantirildi.




