Namangan davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirni universitet Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Umidjon Boyxonov korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning fuqarolik burchi ekanini ta’kidlab, talabalarni halollik, poklik va mas’uliyatlilik tamoyillariga sodiq bo‘lishga chaqirdi.
Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan 30 ga yaqin talaba-yoshlar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘z insholarida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning inson hayoti va davlat rivojiga yetkazadigan zararlari, shuningdek, halollik va poklik qadriyatlarini yoritib berdilar.
Tanlov natijalarini universitetning rasmiy kanalida (https://t.me/Namdu_xabarlari) e’lon qilamiz.