Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongida tibbiy madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati OITSga qarshi kurash markazining profilaktika va epidemiologiya bo‘limi shifokori Hamidov Ibrohimjon Mahammadsoliyevich ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda fakultet dekani B.Urinov, dekan o‘rinbosari D.Tojiboyev, tyutor D.Yusupov, Sh.Qodirova fakultet yoshlar koordinatori M.Abdumutalov hamda talaba-yoshlar qatnashdi.
Ma’ruza davomida OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning inson salomatligiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asoratlari hamda zaruriy profilaktika choralarining ilmiy asoslari keng yoritib berildi. Mutaxassis yoshlarni tasodifiy xatti-harakatlardan ehtiyot bo‘lish, tibbiy madaniyatni oshirish va virusga oid asossiz stigma hamda noto‘g‘ri qarashlardan yiroq turishga chaqirdi.
Tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, sog‘lom va mas’uliyatli hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.