1-dekabr — OITSga qarshi kurash kuni

1-dekabr — OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan San’at va sport fakultetida mazkur sana doirasida targ‘ibot-aksiya o‘tkazildi. Tadbir fakultet binosining kirish qismida tashkil etilib, ertalabdan boshlab talabalar va ustozlar ushbu hududda kutib olindi. 

Ular kirib kelishi bilan ularga OITSga qarshi kurashning butun dunyoda tan olingan ramzi — qizil lenta taqib qo‘yildi. Bu belgi jamiyatda ogohlikni oshirish, kasallikning oldini olish borasida birgalikda mas’uliyat bilan yondashish g‘oyasini ifodalaydi.

Tadbirning asosiy mazmuni talabalar orasida hushyorlikni kuchaytirish, OITSning ijtimoiy xavfi, uning oldini olish yo‘llari va sog‘lom turmush tarzi haqida to‘g‘ri tushuncha berishga qaratildi. 

Aksiya davomida profilaktika madaniyatining ahamiyati, mas’uliyatli xulq, shaxsiy gigiyena va salomatlikni asrashning muhim jihatlari bo‘yicha qisqa ma’lumotlar taqdim etildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image