Tabiiy fanlar fakulteti talabalari “Jasorat” muzeyi bilan tanishdi.

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining bir guruh talbalari  viloyat IIBning “Jasorat” muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar. Ushbu tashrif fakultetning ta’lim-tarbiya maslahatchisi M.Qurbonova boshchiligida tashkil etildi.

Ichki ishlar vazirligi akademik litseyida joylashgan muzeyda harbiy sohaga oid tarixiy eksponatlar, respublika ichki ishlar tizimi, xususan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarixiga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanishildi.

Muzey masʼullari tomonidan hikoya qilingan tizimga oid qiziqarli faktlar, tarixiy voqealar, ular asosida ishlangan videoroliklar talabalarga manzur keldi. 

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image